Bolani ko‘krak suti bilan boqish bachadon saratoni xavfini bartaraf etadi

Brisben tibbiyot instituti olimlari “Ayollar saraton xastaligi to‘g‘risidagi bilimlarga qanchalik ega bo‘lsa, shuncha yaxshi”, – deya ta’kidlashmoqda.

Olimlar 26 ming nafar farzand ko‘rgan ayollar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Ularning 9 ming nafarini bachadon saratoni bilan xastalangan ayollar tashkil qildi.

Natijalarga ko‘ra bolani ko‘krak bilan emizish saratonning tarqalish xavfini sezilarli darajada kamaytirishi ma’lum bo‘ldi. Boisi, ko‘krak bilan emizish saraton ishlab chiqaradigan estrogen gormonining miqdorini pasaytiradi.

Lekin bu degani ko‘krak suti bilan bolani emizmaslik, onalarda bachadon saratoni xastaligini keltirib chiqaradi, degani emas.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Olxo‘rili pirog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: