Badiiy gimnastika jozibasi

Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Kamolot” kubogi” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri yoshlar orasida jismoniy barkamollikni targ‘ib qilish, sportning ommaviy va milliy turlarini, xalq o‘yinlarini rivojlantirishga ko‘maklashish, turli musobaqa va turnirlar o‘tkazishdan iborat. Bu borada tashkilot tomonidan tashkil etilayotgan turli loyihalar, sport musobaqalari yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Kamolot” malikasi”, “Kamolot” shaxmat taxtasi”, “Kamolot” g‘unchalari” singari musobaqalar shular jumlasidandir.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan badiiy gimnastika bo‘yicha “Kamolot” kubogi” xalqaro turnirining tashkil etilishi ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qildi. Turnirda mamlakatimiz sportchilari bilan birga Rossiya, Qozog‘iston, Isroil, Hindiston kabi davlatlardan yuzdan ziyod sportchi qiz ishtirok etdi. Ikki kun davomida gimnastikachilar o‘z tajriba va mahoratini, iste’dod va salohiyatini muxlisu mutaxassislarga namoyish etdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Yana o‘qing:  Bolalar salomatligi yo‘lida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: