Surunkali og‘riq aql xiralashishiga olib keladi
Kaliforniya universiteti olimlari keksalarning surunkali dard bilan og‘rishi yoshi o‘tgani sari tafakkuri xiralashib borishiga sabab bo‘lishini aniqladi. Chunki doimiy og‘riqlar bosh miyadagi hujayralar o‘lishiga olib keladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, surunkali og‘riqlar bilan yashaydigan odamda diqqat va xotira susayadi. Ayniqsa, og‘riqlar kuchli bo‘lsa va e’tiborni ko‘p tortsa, katta kuch talab etadi va xotira qobilyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy ta’sir o‘tkaza boshlaydi.
Natijada odam kundalik ishlarni tobora qiynalib bajara boshlaydi, hatto dori ichish va hisob-kitoblar ham mushkul yumushga aylanadi. Olimlar 60 yoshdan o‘tgan va 12 yoshdan katta 12000 nafar insonni tekshiruvdan o‘tkazdi. Kuchli yoki o‘rta darajadagi og‘riqlar bilan yashaydigan kishilarda xotira susayishi ko‘rsatkichi boshqalarga qaraganda 9,2 foizga tezligi aniqlandi.
Tafakkur xiralashishi og‘riq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki ular narkotik xususiyatga ega. Bundan tashqari, jismoniy og‘riqlar hissiy stresslar ortishiga, natijada tanadagi stress gormonlari faollashib ketishiga olib keladi. Bu ham aqliy qobiliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Orifjon Madvaliyev
tayyorladi.