Xitoyda robot maktab imtihonini 10 daqiqada topshirdi

Chendu shahrida tajriba sifatida «gaokao» — davlat imtihonini topshirgan sun’iy intellekt maksimal 150 balldan 105 ball to‘plab, «uch» baho oldi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, mashina unga taklif qilingan vazifalarni atigi 10 daqiqa ichida yechib bo‘lgan, insonga esa buning uchun 2 soat vaqt kerak bo‘ladi.

Robot uchun eng qiyini xitoy tilini «o‘zlashtirish» bo‘ldi, shuning uchun ham u matematikaning ba’zi bo‘limlarini oxirgacha tushuna olmadi. Umuman olganda, fevral oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan mashina o‘z natijalarini 12 ballga oshirdi. Shunday bo‘lsa-da, hozircha robot XXRning o‘rta baholarga o‘quvchi talabasidan biroz ortda qolmoqda.

AI-MATH katta ma’lumotlar, nutqdan tanish va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan.

Zhunxingyunxue Technology kompaniyasida ma’lum qilinishicha, mashina insondan farqli ravishda «raqamlar bilan o‘ylaydi» va bu uning testlardagi natijalariga ta’sir ko‘rstadi.

Manbaga ko‘ra, sun’iy intellekt 2020 yilga borib, bilimlarini boyitib, universitetga kirishga muvaffaq bo‘ladi.

Yana o‘qing:  SAFAR: IKKI ODIM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: