Televizor – bolalarning ortiqcha semirib ketishiga sabablardan biri

London Universitet kolleji olimlari 12556 nafar bolaning tibbiy ma’lumotlarini tahlil etdi. Olimlar aniqlashicha, 7 yoshida yotoqxonasida televizori bo‘lgan bolalarning 30 foiziga 11 yoshida semirish tashxisi qo‘yilgan. Yotoqxonada televizor o‘rnatish semirish xavfini taxminan 20 foizga oshirgan.

Tadqiqotchilar natijalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarga, xususan, oilaning daromad darajasi, ona sutidan oziqlantirish davomiyligi, onaning ma’lumot darajasi, uyqu holati, jismoniy faollik darajasi, onaning hamda bolaning 3 yasharligidagi tana og‘irligi indeksi kabilarga ham e’tibor qaratishdi. Televizor oldida vaqt o‘tkazish asosan qizlarda ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Bundan tashqari, boshqa tadqiqotlar televizor va komyuterlar bolalarda diabetga uchrash xavfini ko‘paytirishini ko‘rsatdi. Diabetga ekran oldida uch soatdan ortiq vaqt o‘tkazadigan bolalar ko‘proq moyil bo‘ladi.

Kuzatuvlar ularning qonida yog‘ miqdori ortib, qondagi qand moddasi ko‘payganini, insulinga chidamlilik darajasi va qon bosimi balandlaganini ko‘rsatdi.

Orifjon Madvaliyev

tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bo‘qoq nasldan naslga o‘tadimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: