MTM tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ilk marotaba shaxmat festivali o‘tkazildi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ilk marotaba shaxmat festivali o‘tkazildi.

Festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiya jarayoniga shaxmat o‘yinlarini keng joriy etish orqali to‘garaklar tashkil etish hamda bolalarni yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga yetkazish, ularning shaxmat sport turiga qiziqishlarini uyg‘otish va boshlang‘ich ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.

Unda Toshkent shahrining barcha tumanlardan 10 nafardan iborat tarbiyalanuvchilar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Festival doirasida Toshkent davlat musiqali komediya teatri jamaosi tomonidan sahnalashtirilgan “Shaxmat mamlakati ertagi” nomli teatr tomoshasi namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida poytaxtlik maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Xabaringiz bor 2017 yil 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qaror tasdiqlandi.

Mazkur qarorda endilikda umumta’lim maktablarida sportning shaxmat turi jismoniy tarbiya darslaridan davlat talabi sifatida o‘qitilishi belgilangan.

Bugungi o‘tkazilgan festival ham yuqoridagi qaror va unda belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan deyish mumkin.

Festival yakunida maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari o‘zaro bir-biri bilan 15 daqiqadan bir partiya “Rapid” yo‘nalishida shaxmat o‘ynashdi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  BOLALAR TA’TILDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: