Olimlar global isish natijasidan ogohlantirdi
Amerikalik olimlarning bong urishiga qaraganda, agar insoniyat atrof-muhitga munosabatini o‘zgartirmasa, Yer yuzi iqlimining keskin o‘zgarishiga tayyorgarlik ko‘raverish kerak.
Tadqiqotlar so‘nggi yuz yillikda sayyoramizdagi harorat bir yarim gradusga oshganini ko‘rsatdi. Olimlar buni ozon qatlamidagi o‘zgarish bilan izohlamoqda. Ozon qatlami yupqalashmoqda va bu global isishni yanada tezlashtirishi mumkin.
NASA mutaxassisi Gevin Shmidt qayd etishicha, global isish jarayoni bugun tezlashmoqda. U atmosfera va suv havzalariga tashlanadigan chiqindilarni kuchli nazoratga olishni taklif qildi. Chunki bu chiqindilar sayyoramizning himoyaviy funksiyasini shikastlaydi va dimlanish (parnik) effektini tezlashtiradi.
Manba: sof.uz