Olimlar boshqarish mumkin bo‘lgan kiborg ninachini yaratdi

AQSHning Massachusets shtatida olimlar birinchi marta kiborg ninachining harakatlanuvchi modelini namoyish qildi. “DragonflEye” qurilmasi Charlz Stark Dreyper laboratoriyasida ishlab chiqilgan bo‘lib, yorug‘lik yordamida boshqariladi.

Odatda hasharotlarni boshqarishda ularning muskullariga ulanadigan elektrodlardan foydalaniladi, ammo og‘irlikni kamaytirish va haqiqiy parvozni alamga oshirish uchun olimlar neyronlarning genetik modifikatsiyasini qo‘lladi. Yorug‘likka ta’sirchan oqsil hasharotning parvozini optik sensorlar ajratib chiqaradigan impulslar orqali yo‘naltirish imkonini beradi. Yorug‘lik ninachining orqasiga joylashtirilgan quyosh batareyasiga qaratiladi.

Tadqiqotchilar qurilma ergonomikasini va funksionalini ishlab chiqishda davom etmoqda. Kelajakda ular kiborg hasharotlar parvozini to‘liq boshqarishga umid qilmoqda. Ular josuslikdan tortib, o‘simliklarni changlantirishgacha bo‘lgan turli vazifalarni bajara oladi.

Manba:daryo.uz

Yana o‘qing:  Olimpiya o‘yinlari ramzini maktab o‘quvchilari tanlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: