Yurak tug‘ma nuqsoni qanday paydo bo‘ladi?

Uning sabab va oqibatlari xususida

Ba’zan hayotda “falonchining farzandi yurak tug‘ma porogi (nuqsoni) bilan tug‘ilibdi, chaqaloq kelajakda sog‘lom bo‘lib rivojlanishi amrimahol ekan. Uning yashab ketishi uchun bir oz muddat o‘tib bemor ma’lum yoshga yetgach albatta, jarrohlik amaliyoti bilan davolash zarur ekan”, degan gaplar qulog‘imizga chalinib qoladi.

Xo‘sh, bu qanday kasallik va uning oldini olish uchun ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari zarur. Bu haqida bizga Toshkent Vrachlar malakasini oshirish istitutining “Neonatologiya” kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Dilfuza Turdiyeva quyidagilarni so‘zlab berdi:

Tuxum hujayra urug‘langandan bir necha kun o‘tgandan keyin bachadonning ichki qavatiga homila o‘rnashadi. Uning asab tizimi shakllanadi va yuragi ura boshlaydi. Homilaning yuragi 6-haftadan boshlab 140-150 marta ura boshlaydi. Embrion 20-haftalik bo‘lganda stetoskop yordamida uning yurak urishi eshitiladi. Bilamizki, homiladorlik bir nechta “kritik”, ya’ni, xavfga moyillik davrlaridan iborat bo‘ladi. Aynan ikkinchi” kritik “davr-gistogenez va organogenez davri 15-40 kunga to‘g‘ri keladi va turli teratogen (homilaga zararli ta’sir etuvchi) omillar sababli tug‘ma nuqsonlar rivojlanadi. Eng ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri bu yurak tug‘ma nuqsonidir. Chaqaloqning bunday xastalik bilan dunyoga kelishiga quyidagi xavf omillari ham sabab bo‘lishi mumkin:

Ya’ni, bo‘lajak onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar ayniqsa, TORCH infeksiyalariga chalinishidir. Bunday holatda qizilcha kasalligi sababli yurak tug‘ma nuqsoni rivojlanadi. Kuchli homiladorlik toksikozlari, anemiya (kamqonlik), to‘yib ovqatlanmaslik va uxlamaslik, behollik, kun tartibiga amal qilmaslik, o‘tkir respirator virusli infeksiyalar hamda gripp bilan og‘rish, yurak tug‘ma nuqsoniga nasliy moyillik, shuningdek, bo‘lajak ota-onaning yoshi 35 dan yuqori bo‘lishi. Yana stress (ruhiy zo‘riqish) ham ushbu dardning rivojlanishiga turtki beradi. Shifokor tavsiyasiz qabul qilinadigan turli antibiotiklar va dori-darmonlar ham bu xastalikning kelib chiqishiga olib keladi.

Yaponiyada dori-darmonlar qutisida ularning iste’mol qilinishi haqida batafsil ma’lumot berilgan bo‘lishiga qaramasdan farmatsevtlar shifokor ko‘rsatmalarisiz ularni bemorga sotmaydi. Hatto, dardmand kishining boshi qattiq og‘rib tursa ham unga darhol og‘riq qoldiruvchi dori berilmas ekan. Aksincha, uning qon bosimi dorixona sotuvchisi tomonidan o‘lchanib, so‘ngra xasta kishiga bir dona tabletka berilib, shifokorga murojaat etishi zarurligi tavsiya etiladi.

Yana o‘qing:  Ko‘kyo‘tal qanday xastalik?

Biz ham ushbu qoidani qo‘llasak hozirda kelib chiqayotgan turli tug‘ma nuqsonlarning va yurak porogi ko‘payishining oldini olgan bo‘lar edik.

Nafaqat bo‘lajak onalar, balki otalar ham o‘zlarini turli zararli odatlar, ya’ni, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, giyohvandlik, kashandalikdan, TORCH (toksoplazmoz, qizilcha va boshqa infeksiyalar (V gepatit, zahm, xlamidioz), sitomegalovirus, gerpes) infeksiyalariga chalinishdan asrashlari zarur.

Yurak tug‘ma nuqsonlari deganda bu a’zoning noto‘g‘ri joylashuvi va undagi salbiy o‘zgarishlar, tuzilishidagi odatdan tashqari anomaliyalar-kamchiliklarni o‘z ichiga olishini tushunamiz.

Yurak porogining kelib chiqishi tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarga bo‘linadi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh sababli ham ushbu kasallik ko‘paymoqda.

Kislorod yetishmovchiligi ya’ni, gipoksiyaning kuchliligiga qarab yurak tug‘ma nuqsonlari ikki xil guruhga bo‘linadi.

Go‘dak tug‘ilgan ilk kunlarda tug‘ma nuqson katta bo‘lsa uning hayotida ayniqsa, birinchi haftada yurak yetishmovchiligi rivojlanadi. Agar nuqson kichkina bo‘lsa chaqaloqda uzoq vaqt kasallik belgilari kuzatilmaydi. Ko‘pchilik bemorlarda bolalikdan tez charchash, yurakning tez-tez urishi, kasal bola jismoniy zo‘riqqanda unda hansirash kuzatiladi. Bolaning harakati sustlashadi, dard og‘ir kechganda bemorda o‘pka yallig‘lanishi kuzatiladi. Xastaning teri qoplamlari oqargan, u jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bo‘ladi. Bemorning yurak sohasida shovqin eshitiladi.

Yurak tug‘ma nuqsoni xastaligida uchta davr kuzatiladi. Ya’ni, adaptatsiya – birlamchi moslashish davri. Bu muddatda go‘dak hayotining birinchi kunlaridan gemodinamik (umumiy qon aylanishi)ning salbiy o‘zgarishi va undagi buzilishlarga moslashadi. Agar u yuqumli kasalliklarga chalinmasa va bemorda nevrologik xastaliklar kuzatilmasa ikki yoki uch yoshida bolaning ahvoli yaxshilanib u rivojlanishning keyingi davriga o‘tadi.

Ikkinchi kompensatsiya davrida go‘dakda nisbatan sub’yektiv salbiy o‘zgarishlar kamayadi yoki bo‘lmaydi. Bemorning jismoniy rivojlanishi va harakatlar faolligi yaxshilanadi.

Uchinchi-terminal davrda bemorning himoyaviy moslashish mexanizmi imkoniyatlari tugab miokardda (yurak devorining asosiy qismi – o‘rta mushak qavati) va parenximatoz a’zolarda distrofik va degenerativ o‘zgarishlar yuzaga keladi hamda davo muolajalari ta’sir etmaydigan darajada qon aylanishining buzilishi ortib bemorning ahvoli nihoyatda og‘irlashadi. Agar o‘z vaqtida operatsiya qilinmasa bola nobud bo‘ladi.

Unutmang, eng avvalo oilada ota-ona o‘z farzandi salomatligiga eng katta mas’uliyat bilan qarovchi shaxslar hisoblanadi. Har qanday xastalikda barvaqt tashxis qo‘yilsa va bemor to‘g‘ri davolansa, bu uning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishi uchun zamin yaratadi.

Yana o‘qing:  Sportda va hayotda to‘g‘ri nafas olish qoidasi

Tasnifi

Gemodinamika (qon aylanishi)ning buzilishi

Kichik qon aylanish doirasining kislorodga to‘yinishi

Kichik qon aylanish doirasining kislorodga to‘yinmasligi

Katta qon aylanish doirasining kislorod bilan to‘yinmasligi

Gemodinamikaning buzilishisiz

Lab-burun uchburchagi sohasida ko‘karish bo‘lmaydi

Ochiq arterial qon oqimi (Botall)

Yurakning bo‘lmachalararo to‘siq nuqsoni

Qorinchalararo to‘siq nuqsoni

Ochiq umumiy atrioventrikulyar kanal

Alohida o‘pka arteriyasi stenozi (torayishi)

Alohida arterial stenoz

Aorta koartatsiyasi

Haqiqiy va soxta dekstrakardiya.

Tolochinov-Roje kasalligi

Tomirlar holatining nuqsoni

Bu sohada ko‘karish (sianoz) paydo bo‘ladi

Eyzenmeyger kompleksi. Magistral (katta) tomirlarning transpozitsiyasi Umumiy arterial qon tomirlar stvoli (o‘zagi)

Chapga bo‘linishlik sindromi

Fallo kasalligi

Trikuspidal atreziya

Asosiy tomirlarning transpozitsiyasi (ularning joylashish holati noto‘g‘riligida)

O‘pka arteriyasining stenozi

Umumiy arterial stenoz. Ebshteyn nuqsoni

Gulchehra ShIRINOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: