Samarqandda ham murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi

Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida rentgenendovaskulyar jarrohlik bo‘limi ish boshladi. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘limda aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, xalqimizning dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan muhim vazifalar belgilangan. Mazkur yo‘nalishda yil boshidan buyon bir qator hujjatlar qabul qilinib, amaliy harakatlar boshlab yuborildi.

Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yangi bo‘lim tashkil etilishi ham ushbu sa’y-harakatlar samarasi bo‘lib, bu bemorlar uchun ko‘plab qulaylik va yengilliklar yaratdi. Ayniqsa, 1 milliard 373 million so‘mga Gollandiyadan yuqori texnologiyali angiograf apparati keltirilgani shu paytga qadar Toshkent shahri va xorijiy mamlakatlardagi klinikalarga yuboriladigan bemorlarni shu yerning o‘zida davolash imkonini beradi.

– Yangi uskuna yordamida qon tomirlar rentgen qilinib, yurak stenokardiyasi, infarkt, bosh miya va buyrak qon tomirlari kasalliklari, jigar o‘smasi, bachadon miomasini aniqlash hamda davolash mumkin, – deydi akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi bo‘lim boshlig‘i, professor Mirjamol Zufarov. – Shuningdek, bemorlarda uchraydigan yurak va qon-tomir, o‘pka, qizilo‘ngach va me’da, jigar, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezi jarrohligi amaliyotlari o‘tkaziladi.

Zamonaviy apparatlar yordamida bemorlarga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bo‘limda faoliyat ko‘rsatadigan uch nafar yosh mutaxassis I.Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universitetida malaka oshirib qaytdi.

G‘.HASANOV,

O‘zA

Yana o‘qing:  Ona tili – she’riyat tili

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: