Qush uyasi
Zarur mahsulotlar: 300 gr. tovuq go‘shti, 2 dona tuzlangan bodring, 150 gr. pishloq, 3 dona kartoshka, 5 dona tuxum, mayonez va konservalangan makkajo‘xori.
Tayyorlanishi: kartoshkalarni po‘stidan archib yupqa somoncha shaklda to‘g‘ralib o‘simlik yog‘ida qovurib olinadi. Aloxida idishga mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan bodring, tuxum, tovuq go‘shti, konservalangan makkajo‘xori va mayonez solib aralashtiriladi. Dasturxonga tortishdan avval salatni likopchalarga solib ustidan qovurib olingan kartoshkani uning ustini ko‘katlar bilan bezatishingiz mumkin.
BEGOYIM