“Barkamol avlod – 2017”: g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum
Jizzax shahrida “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kuni qator sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Musobaqasining badiiy gimnastika bahslarida ilk g‘olibalar nomi ma’lum bo‘ldi. Ko‘pkurash bo‘yicha jamoaviy bellashuvlar: N.Usmonova, M.Quvondiqova, T.Kim, A.Egamberdiyeva, Z.Nigmatova, S.Ismatova g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Taekvando-WTF bo‘yicha qizlar 49 va 55 kg vazn toifasida bahs olib bordi. Unda mezbonlardan Sh.Normatova 55 kgda g‘oliblikni tantana qildi. Bu vaznda farg‘onalik D.Baxritdinova ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Toshkent shahridan L.Po‘latova hamda Surxondaryo viloyatidan U.Toshtemirovaga musobaqaning bronza medallari nasib etdi.
49 kg vazn toifasida farg‘onalik N.Qamchibekovaga teng keladigani topilmadi. Kumush medal Xorazm viloyati sharafini himoya qilgan Sh.Aminovaga nasib etdi. Qashqadaryodan kelgan Sh.Shodmonova hamda jizzaxlik N.Umirova uchini o‘rin bilan kifoyalandilar.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida S.Bobobekov 55 kgda tengsiz bo‘ldi. Mezbon sportchiga finalda Surxondaryo viloyati ishtirokchisi J.Gulmatov imkoniyatni boy bergan. Buxora va Sirdaryodan kelgan Sh.Sultonov hamda S.Ahmedov shohsupaning keyingi o‘rnidan joy oldilar.
Umumjamoa hisobida Jizzax viloyati Taekvandochilari birinchi, Surxondaryo ikkinchi va Farg‘ona viloyati uchinchi bo‘ldi.
«Sug‘diyona” universal sport majmuasining suzish kompleksida suzish bo‘yicha yarim final bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Xabar berganimizdek, musobaqa ishtirokchilari suzishning 4 ta yo‘nalishi, ya’ni 50 metrga brass usulida, shuningdek, 50 metrga chalqancha, 100 metrga baterflay va 200 metrga erkin suzish estafeta turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Har bir sportchining mahorati murabbiylar muhokamasida hamda hakamlar e’tiborida bo‘ldi.
Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida dzyudo va yunon-rum kurashi bo‘yicha musobaqalar nihoyasiga yetdi. Bellashuvlarda Toshkent viloyati vakillari eng ko‘p ochko to‘plab, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Xorazm, uchinchi o‘rin Samarqand viloyatlari jamoalariga nasib etdi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha umumjamoa hisobida Buxoro viloyati sportchilari birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Toshkent shahri, uchinchi o‘rinni Samarqand viloyati jamoalari egalladi.
Jizzax politexnika institutida voleybol bo‘yicha uchinchi o‘rin uchun bahslar bo‘lib o‘tdi. Qizlar o‘rtasida Xorazm viloyati terma jamoasi vakillari farg‘onalik tengdoshlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bronza medali bilan taqdirlandi. O‘smirlar o‘rtasida Andijon viloyati terma jamoasi qashqadaryolik sportchilarni 3:2 hisobida yengdi.
Qo‘l to‘pi va basketbol bo‘yicha bronza medallari uchun musobaqalar yakunlandi. Qo‘l to‘pi bo‘yicha qizlar o‘rtasida Qashqadaryo viloyati, o‘smirlar o‘rtasida Jizzax viloyati terma jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi. Basketbolchi qizlar bahslarida Toshkent shahri, o‘smirlar o‘rtasida Samarqand viloyati vakillari sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Ushbu sport turlari bo‘yicha final musobaqalari 27 may kuni o‘tkaziladi.
Musobaqalarning ikkinchi kuni yengil atletika, suzish, futbol kabi sport turlari bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Ma’lumot o‘rnida: «So‘g‘diyona» universal sport majmuasi stadionida o‘tatyogan yengil atletika musobaqasida bir nechta yo‘nalishlarda barcha g‘olib va sovrindorlar:
100 metr – o‘smirlar
1-o‘rin — Xamroqulov Jaloliddin — 10,86 soniya (Qashqadaryo viloyati)
2-o‘rin — Ziganshin Dmitriy — 11,14 (Toshkent shahri)
3-o‘rin — Noriyev Javohir — 11,29 (Sirdaryo)
100 metr – qizlar
1-o‘rin — Nizomiddinova Nargiza — 12,06 (Navoiy)
2-o‘rin — Shimanis Anna — 12,41 (Toshkent shahri)
3-o‘rin — Ivanina Violetta — 12,77 (Toshkent shahri)
400 metr — o‘smirlar
1-o‘rin — Xalilov Davlatbek — 50,10 (Farg‘ona)
2-o‘rin — Nurillayev Abbos — 50,36 (Navoiy)
3-o‘rin — Knish Artyom — 50,49 (Toshkent shahri)
400 metr — qizlar
1-o‘rin – Rahimova Gulxayyo — 57,31 (Xorazm)
2-o‘rin — Gazizova Elmira — 57,39 (Jizzax)
3-o‘rin — Muzaffarova Gulnigor — 59,30 (Andijon)
1500 metr – o‘smirlar
1-o‘rin — Mahmudov Xumoyun — 4:07,50 (Andijon)
2-o‘rin — Buxorov Mirsaid — 4:07,68 (Qashqadaryo)
3-o‘rin — Jo‘rayev Hasan — 4:08,31 (Namangan)
1500 metr – qizlar
1-o‘rin – Rajabova Komila — 4:45.54 (Xorazm)
2-o‘rin – Baratova Muattar — 4:47,56 (Namangan vil)
3-o‘rin – Baratova Marjona — 4:49,70 (Samarkand)
Balandlikka sakrash – o‘smirlar
1-o‘rin – To‘raqulov Asilbek — 190 sm (Toshkent shahri)
2-o‘rin — Abibullayev Osman — 185 sm (Sirdaryo)
3-o‘rin — Nomozboyev Eldor — 185 sm (Jizzax)
Balandlikka sakrash – qizlar
1-o‘rin — Yurkevskaya Aleksandra — 180 sm (Toshkent vil)
2-o‘rin — Beyjigitova Shaxnoza — 160 sm (Sirdaryo)
3-o‘rin — Madiyarova Farida — 150 sm (Toshkent shahri)
Uzunlikka sakrash – o‘smirlar
1-o‘rin — Nurmatov Baxtiyor — 7 m 11 sm (Qashqadaryo)
2-o‘rin — Babrayev Arsen — 6 m 92 s (Toshkent viloyati)
3-o‘rin — Pupko Dmitriy — 6 m 74 sm (Toshkent shahri)
Uzunlikka sakrash – qizlar
1-o‘rin – Dirdina Viktoriya — 5 m 84 sm (Toshkent viloyati)
2-o‘rin – Anvarova Malika — 5 m 45 sm (Buxoro)
3-o‘rin — Abdulazizova O‘g‘iloy — 5 m 32 sm (Farg‘ona)
110 metrga to‘siqlar osha yugurish — o‘smirlar
1-o‘rin – Stepanov Aleksandr — 15,28 soniya (Samarqand)
2 o‘rin – Day Igor — 16,01 (Samarqand)
3-o‘rin – Abduqahhorov Baxtiyor — 16,02 (Andijon)
100 metrga to‘siqlar osha yugurish — qizlar
1-o‘rin – Yurkevskaya Aleksandra — 14,85 (Toshkent viloyati)
2-o‘rin – Xudoyarova Roksana — 15,28 (Samarqand)
3-o‘rin – Umarova Sabina — 15,46 (Jizzax)
Estafeta 4x100 m — o‘smirlar
1-o‘rin — Farg‘ona viloyati — 44,08 soniya
2-o‘rin – Toshkent shahri — 44,23 soniya
3-o‘rin — Xorazm viloyati — 44,58 soniya
Estafeta 4x100 m — qizlar
1-o‘rin — Xorazm viloyati — 49,89 soniya
2-o‘rin – Jizzax viloyati — 50,06 soniya
3-o‘rin — Navoiy viloyati — 50,30 soniya
N.NORBOBOYEV