Eng xavfli ijtimoiy tarmoq nomi ma’lum qilindi
Britaniyalik olimlar Instagramni salomatlik uchun eng xavfli ijtimoiy tarmoq deb topishdi.
Qirollikning RSPH ijtimoiy salomatlik markazi va Yoshlar salomatligi harakatining taqdim etilgan ma’ruzasi shundan dalolat bermoqda.
Tadqiqotchilar 14-24 yoshdagi 1 ming 479 kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazishdi. Yoshlardan sevimli ijtimoiy tarmoqlari haqida so‘rab, ularning har birini bir necha kalit so‘zlar bilan baholashni taklif qilishdi. Tadqiqot doirasida YouTube, Instagram, Snapchat, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari tahlil qilindi. Ushbu ro‘yxatdagilar orasida eng ijobiy imidj YouTubega tegishli bo‘ldi. U yoshlar ongiga “eng pozitiv ta’sir” ko‘rsatgan tarmoq sifatida e’tirof etildi. Undan keyingi o‘rinlarni Twitter va Facebook egalladi. Foydalanuvchilar tomonidan eng kam ijobiy baholangan tarmoqlar Snapchat va Instagram bo‘ldi.
Aziza SULTONOVA