Haqiqiy husn

Qatra

– Chiroylisiz-da, opa, – havas bilan qaradi unga qo‘shnisining o‘smir qizi, – men ham sizday bo‘lsaydim…

Bo‘ying balandgina, qadding biram kelishgan-a? – hasadi keldi dugonasining. – Har qanday kiyim yarashaveradi…

– Go‘zalsiz…

– Latofatlisiz…

– Tengi yo‘qsan…

Bu kabi iltifotlar, e’tiroflarni eshitgani sari o‘ziga, husniga mahliyo bo‘lib boraverdi va axiyri dunyoda o‘ziday boshqa sohibjamol yo‘qligiga ishonib qoldi: u hammadan chiroyli, hamma unga havas qiladi… U chiroyiga bino qo‘ydi. Boshqa barcha narsa – chiroyli fe’l, go‘zal tabiat, yarashiqli odat-fazilatlarni o‘zidan nari surib qo‘ya qoldi. “Go‘zalligim hammasidan o‘tadi”, dedi. “Xushro‘y ekanman, doim ishim “besh” bo‘ladi”, dedi.

Vaqt o‘tdi. Orzu-havas bilan turmushga chiqdi. “Hammadan chiroyli qiz barchadan baxtli bo‘ladi”, deb o‘ylagandi. Ammo adashdi. Husni, chiroyi oila, turmush sinovidan uni olib o‘tolmadi – pand berdi. “Muomalasi yo‘q ekan”, dedi eri. “Qo‘lidan bir ish kelmas ekan”, dedi qaynonasi. “Ovqatida maza yo‘q”, deyishdi qayinuka-qayinsingillari. “Sarishta emas ekan”, deyishdi qo‘shnilar. “Chiroyiga non botirib yeb bo‘larmidi”, deb lab burishdi qolgan qarindoshlar…

Shunda bildi: husn o‘tkinchi ekan. Ayol kishiga asl husn odobu muomala, chiroyli fazilatu farosat ekan…

Xurshida ABDULLAYEVA

Yana o‘qing:  Baland uchmoqchi bo‘ldim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: