Saratondan xalos bo‘lishga yordam beruvchi dori vositasi

Kardiff universiteti tadqiqotchilari saratonga qarshi odatiy muolajalar davomida aspirinni kamroq dozalarda qabul qilish 20 foiz bemorlarda yashab ketish imkoniyatini oshirishi va saratonning boshqa joylarga ham tarqalishining oldini olishda yordam berishini ta’kidlamoqda.

Olimlarning so‘zlariga qaraganda, aspirinning kamroq dozasi saratonning bir nechta turi o‘sishini sekinlashtirishda ijobiy natija berishi yuzasidan tobora ko‘proq dalillar paydo bo‘lmoqda.

Olimlar kolorektal rak, sut bezi raki va prostata bo‘yicha ellikka yaqin tadqiqotni o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, davo muolajasining boshqa turlari bilan birgalikda aspirin qabul qilish o‘lim holatini 15-20 foizga pasaytirgan, shuningdek, yomon sifatli o‘smaning tarqalib ketish xavfini kamaytirishga xizmat qilgan.

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish yurak-qon tomir kasalliklaridan saqlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: