Tvarogli quymoqlar
Zarur mahsulotlar: 100 gr. tvarog, 500 gr. un, 150 gr. shakar, 250 gr. kefir, vanilin, 2 osh qoshiq sariyog‘, 3-4 osh qoshiq o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: idishga shakar, un, tuz, soda, vanilin solib aralashtiriladi. So‘ngra kefir, sariyog‘, tvarog solib mikser yordamida aralashtirishda davom etiladi. Qizib turgan tovaga massadan oz-ozdan solib ikki tomoni tilla rangga kirgunga qadar pishirib olinadi. Quymoqlarni smetana bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM