Bu bor gap
Bugun oramizda turmush tashvishlarini ro‘kach qilib, farzandlari tarbiyasiga panja orasidan qarayotgan insonlar yo‘q emas.
Dilbandlarimizning yurish-turishi, ularning ruhiyatida kuzatilayotgan salbiy o‘zgarishlar ham tarbiya atalmish hayot-mamot masalasiga sust yondashayotganimizning “mevasi”dir.
Quyidagi fikrlar orqali oilada o‘g‘il-qizlaringiz bilan muomalada yo‘l qo‘yayotgan xato va kamchiliklaringizni bilib olasiz. Bu esa siz uchun foydadan xoli bo‘lmaydi, albatta.
- Farzandingiz tortinchoqmi, demak siz uni kam quchoqlab, kam o‘pasiz.
- Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi, demak siz uni shijoatlantirmaysiz.
- Farzandingiz boshqalarga tajovuz qilyaptimi, demak siz unga qaysarlik qilasiz.
- Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi, demak siz unga ko‘p baqirasiz.
- Farzandingiz o‘g‘irlik qildimi, demak siz unga narsa berishda uquvsizlik qilgansiz.
- Farzandingiz baxilmi, demak siz u bilan sheriklik ishini bee’tibor qoldirgansiz.
- Farzandingiz zaifmi, demak siz unga ko‘p tahdid qilasiz.
- Farzandingiz doimo g‘azablanadigan bo‘lib qolganmi, demak siz uni maqtamay qo‘ygansiz.
- Farzandingiz qo‘rqoqmi, demak siz uni haddan ziyod ko‘p himoya qilasiz.
- Farzandingiz sizga itoat qilmayaptimi, demak siz undan ko‘p narsa talab qilib yuboryapsiz.
- Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi, demak siz uni ko‘p tergayapsiz.
- Farzandingiz gapirishda no‘noqmi, demak siz u bilan kam gaplashasiz.
Aziz ota-onalar, dilbandlaringiz tarbiyasida e’tiborli bo‘ling!
Abror Muxtor Aliy