Diniy ekstremizm – taraqqiyot kushandasi

Bugungi kunda terrorizm, diniy ekstremizm butun dunyoga xavf solayotgan, insoniyatning tinch va osuda yashashi uchun to‘sqinlik qilayotgan jiddiy muammolardan biridir. Ayni paytda sayyoramizdagi hech bir mamlakat, hech bir xalq uning ofatlaridan himoyalanmagan, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Hozirda Afg‘oniston, Suriya, Yaman, Pokiston, Falastin, Iroq va Afrikaning bir qancha mamlakatlarida sodir etilayotgan xunrezliklar, o‘sha yurtlarda istiqomat qilayotgan insonlar, ayniqsa, murg‘ak bolalarning boshiga tushayotgan g‘am-anduhlar barcha-barchamizni jiddiy tashvishga solmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu xavfni oldindan sezgan holda bir necha bor nufuzli minbarlardan turib terrorizm, ekstremizm va ularni oziqlantirib turgan narkobiznes butun jahonda xavfsizlikka tahdid solayotganini ko‘p ta’kidlagan edi. Yurtboshimiz 1993 yildayoq, BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu haqda bong urib, “O‘zbekiston ekstremizmni, terrorizmni, har qanday ko‘rinishdagi diniy fanatizm va aqidaparastlikni qat’iyan qoralaydi”, – deya ta’kidlagandi.

Ekstremizm har qanday boshqacha fikrlashni inkor etadi, o‘zining mafkuraviy va diniy qarashlarini qo‘pol ravishda majburlab qabul ettirishga harakat qiladi. Ekstremistlar o‘z tarafdorlaridan ularning har bir buyruqlarini so‘zsiz bajarishni, ularga ko‘r-ko‘rona ishonishni talab qiladilar.

Ochiqdan ochiq ekstremistik ruhdagi qarashlarning g‘oyaviy va mafkuraviy jihatdan o‘ta zararli va xavfli ekanligi shundaki, u diniy bag‘rikenglikka zid holda turli dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar o‘rtasida murosasizlik va adovat urug‘ni sepishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi g‘arazli kimsalar o‘z manfaati yo‘lida endigina hayotni taniyotgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirib, ularning ma’naviyatiga zarba berishga harakat qiladilar.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida ma’naviyatga qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishini alohida qayd etgandi.

Shunday ekan shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi globallashuv jarayonida ertangi kunimizning egalari bo‘lgan yoshlarimizning ma’naviy immuniteti har qachongidanda yuksakroq bo‘lishini zamonning o‘zi taqozo etmoqda. Dunyoning ayrim hududlarida sodir bo‘layotgan xunrezliklar masalaning nechog‘lik jiddiyligidan dalolatdir.

Shukurki, bugun yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni mana shunday farovon kunlarimizning qadriga yetishga, tinchlikni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylashga o‘rgatishimiz zarur. Ayniqsa, ota-onalar farzandlarining yurish-turishi, ular ruhiyatida kuzatilayotgan salbiy o‘zgarishlarga beparvo bo‘lmasligi shart. Aks holda ertaga juda kech bo‘lishi mumkin.

Yana o‘qing:  “Salomatlik” poyezdi yana safarda

 

Tohir QURBONOV, QVXTXQTMOI

prorektori, dotsent,

Ulug‘bek OCHILOV, QVXTXQTMOI

katta o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: