Farg‘ona: hududiy sanoat yarmarkada 1000 dan ortiq turdagi mahsulot namoyish etildi

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida 320 yirik va kichik ishlab chiqarish korxonasi 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlarini namoyish etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida xususiy sektorning erkin va samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti yuksak samaralar bermoqda. Jumladan, ishlab chiqarish hajmi ortib, mahalliy xomashyodan tayyorlangan xaridorgir, import o‘rnini bosuvchi sifatli mahsulotlar turi ko‘paymoqda.

Viloyatda joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 337 yangi kichik biznes sub’yekti tashkil etildi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 165,7 milliard so‘mlik 408 loyiha amalga oshirildi. Farmatsevtika, elektrotexnika, mashinasozlik sohalarida amalga oshirilgan loyihalar 20 dan ortiq turdagi yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish imkonini berdi.

Ushbu an’anaviy yarmarka raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yirik korxonalar va kichik biznes sub’yektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Rishton tumanidagi “Roshidon mega invest” oilaviy korxonasi, Farg‘ona shahridagi “Sayqal” ishlab chiqarish firmasi, Quvasoy shahridagi “Kvars agro”, Dang‘ara tumanidagi “Real cabellari” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Oltiariq tumanidagi “Bunyod” xususiy korxonasi mahsulotlari barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

– O‘tgan yili tashkil etilgan korxonamiz mahsulotlari qisqa vaqtda o‘z xaridorini topdi, – deydi Farg‘ona shahridagi “Nozli shod sanam” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Hamroz Abdurazzoqova. – Ayni paytda zamonaviy texnologiyalar asosida bolalar kiyimlari, maxsus ishchi formalari ham ishlab chiqarmoqdamiz.

Yarmarkada turli tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar mahsulot xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi.

 

Ma’sudjon SULAYMONOV,

O‘zA

Yana o‘qing:  Ezgulikdan bahramand nuroniylar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: