Astrofiziklar ulkan qora tuynukni kashf etdi

AQSH, Chili, Yaponiya va Fransiya olimlari ulkan qora tuynukni aniqlashdi. Mazkur jism Yerdan 3.9 milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan.

CXO J101527.2+625911 deb nomlangan mazkur jism Quyoshdan 160 million marta og‘irroq va Yerdan 3.9 milliard yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Jism galaktikaning elliptik markazida emas, aksincha undan uzoqlashib borayotgan holatda joylashgani bilan boshqa qora tuynuklardan farqlanadi.

Olimlar CXO J101527.2+625911 ikkita kichikroq hajmdagi qora tuynuklar birlashuvidan hosil bo‘lganligini va natijada galaktikadan uzoqlashuvchi holatda ekanligini taxmin qilishmoqda.

NASA tomonidan tarqatilgan rentgen nurli tasvirlarda galaktika markazida kuchli yolqinlanish qayd etilgan va bu yangi yulduzlarning vujudga kelishi jarayoni bo‘lishi taxmin qilingan. Olimlarning fikriga ko‘ra, xira yolqinlar u yerdagi yana bir ulkan qora tuynuk bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

CXO J101527.2+625911  jismi Chandra deb nomlangan rentgenli fazoviy teleskop yordamida Yerdan turib tadqiq qilingan.

Qora tuynuk doirasiga tushib qolgan osmon jismlari, odatda, uning hududidan chiqib keta olmaydi va yutilib ketadi. Faol harakatdagi galaktikalar markazlarida qora tuynuklar bor. Astrofiziklarning fikricha, qora tuynuklar ulkan yulduzlar tizimi evolyusiyasiga sezilarli ta’sir qiladi. Somon yo‘li va Andromeda tumanliklari markazlarida ham qora tuynuklar aniqlangan bo‘lib, olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu qora tuynuklar to‘rt milliard yildan so‘ng birlashib ketadi.

Avvalroq, Hubble fazoviy teleskopi olimlarning qora tuynuklar haqidagi tasavvurlarini oydinlashtiruvchi suratlarni tarqatgan edi.

 

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Olimlar boshqarish mumkin bo‘lgan kiborg ninachini yaratdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: