Profilaktik ishlar samaradorligi – muhim masala

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan 2017 yil 9 fevral kuni ichki ishlar organlarida mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida haftaning payshanba kunini Respublika miqyosida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish kuni” deb e’lon qilingan edi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar, Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan hududdagi “Baynalminal” va “Lolazor” mahallalari idoralarida jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida yuzaga kelgan yong‘inlar va ularning sabablari tahlil qilinib, jamoatchilik bilan muhokama qilindi. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra tuman hududida 19 ta yong‘in sodir bo‘lib, ushbu holatlar natijasida 2 nafar inson hayotdan ko‘z yumganligi ta’kidlanib, ayrim yong‘inlar tafsiloti ishtirokchilar hukmiga havola etildi.

Shuningdek, profilaktika kuni doirasida mutaxassislar aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordilar.

 

Jahongir ABDUKARIMOV,

Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi bo‘limi inspektori, serjant

Yana o‘qing:  MUMTOZ SIYMOLAR BOLALAR IJROSIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: