Diqqat! Tanlov!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi

“Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirishda, atrof-muhit muhofazasini kuchaytirishda, mamlakatda ekoturizmni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda ijtimoiy sheriklikning rolini yuksaltirish” mavzusida davlat grantlari ajratish uchun tanlov

E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha-buyurtmanomalari qabul qilinadi:

  1. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablari bajarilishi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini o‘rnatish, mahallalarning sanitariya holatini yaxshilash.
  2. Aholi yashash punktlarining qulay ekologik va sanitariya holatini ta’minlovchi aniq jamoat choralarini va samarali mexanizmlarini amalga oshirish.
  3. Bolalar, o‘smirlar, yoshlar oilaviy turizmini, yoshi ulug‘ insonlar uchun ijtimoiy turizmni rivojlantirish, turizmning ijtimoiy rolini oshirish choralarini ko‘rish va aholi o‘rtasida ekologik turizmni rivojlantirish.
  4. O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari haqidagi axborotlarni milliy va xorijiy OAVlarida keng tarqatishga, mamlakat hududlarida global internet tarmog‘idan faol foydalangan holda turistik axborot markazlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.
  5. Qishloq joylarida va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarida yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanishning zamonaviy ilg‘or texnologiyalarini amaliyotga joriy etish.
  6. Bolalar va yoshlar sportini yanada rivojlantirishga sharoitlar yaratish orqali aholi keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
  7. Tug‘ish yoshidagi ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlashga, tug‘ruqlar oralig‘ini uzaytirishga, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
  8. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlashga, sog‘lom oilani shakllantirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  9. Ijtimoiy infratuzilma rivojiga, sifatli kommunal xizmatlari ko‘rsatishga, nuroniylarning maishiy yashash sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish.
  10. Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mahallalarda sanitariya-ekologik holatni yaxshilash sohalarida ijtimoiy aksiyalar va tadbirlar o‘tkazish orqali aholining ijtimoiy faolligini oshirish.
  11. Sog‘liqni saqlash va o‘quv muassasalarida ekologik toza va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yanada joriy qilish.
  12. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga atrof-muhitni muhofaza qilish, mahallalar hududlarida, ayniqsa, qishloq joylardagi aholi punktlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish.
  13. Yoshlar o‘rtasida turli yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda turkum tadbirlar tashkil etish.
  14. Imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy ko‘nikmasini ta’minlash, ularni fan, san’at va sportning turli yo‘nalishlariga jalb etish yuzasidan amaliy choralarni ro‘yobga chiqarish.
  15. Oilada sog‘lom turmush tarzi an’analarini mustahkamlash, “Vatan taraqqiyoti oiladan boshlanadi” shiori ostidagi loyihalarni amalga oshirish, atrof-muhitdagi salbiy omillarning aholi salomatligiga zararli ta’siri oldini olishga ko‘maklashish.
  16. Chiqindilarni qayta ishlash, elektr energiyasi va suvni tejovchi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llashga ko‘maklashish.
  17. Aholining, ayniqsa, o‘smir qizlarning ratsional ovqatlanish, kamqonlikning oldini olish va boshqa sohalardagi tibbiy madaniyatini yuksaltirish.
  18. Aholining sanitariya-epidemiologik vaziyatdan xabardorligini oshirish, uy va boshqa hayvonlardan tarqaladigan yuqumli kasalliklar profilaktikasiga ko‘maklashish.
Yana o‘qing:  Jamoat joylaridagi bepul Wi-Fi trafigi monitoring qilinadi

Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
  2. www. fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ustavi (nizomi) nusxasi.
  4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

6.3-, 4–va 5-bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.

  1. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining iltimosnomalari, tavsiya xatlari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2017 yil 10 maydan 15 iyungacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www. fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar:

(0-371) 239-26-76,239-26-64.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: