Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

9 may – Xotira va qadrlash kuni bu yil mamlakatimiz bo‘ylab o‘zgacha ruhda nishonlandi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Motamsaro ona haykali poyi turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘yilgan gullarga burkandi.

Shu kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bog‘ida Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 72 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 500 nafar urush va mehnat faxriysi taklif etildi.

Yana o‘qing:  Jamoat joylaridagi bepul Wi-Fi trafigi monitoring qilinadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: