ELDA E’ZOZ TOPIB

Bo‘limga dard bilan olishayotgan bemor keltirilganligi haqidagi tashvishli xabarni eshitgach Zulxumorxon hushyor tortdi. Tezlik bilan yordam ko‘rsatish uchun hozirlik ko‘rila boshlandi. Tajribali hamshiralar bilan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida bemor yurak faoliyatini tekshirib dastlabki muolajalarni boshladi. Qo‘shimcha dori-darmonlar qo‘llandi. Bemorning ahvoli yaxshilanayotganini sezgach, bo‘lim mudirasi yengil tortdi.

Bunday voqealar Zulxumorxonning kundalik ish faoliyatida uchrab turadi. U har bir bemorning dardiga davo topmaguncha tinib-tinchimaydi, orom nimaligini bilmaydi.

– Bemorning tezroq sog‘ayib ketishida unda ishonch uyg‘otish muhim ahamiyatga ega, – deydi dispanserning statsionar bo‘limi mudirasi Zulxumor Aliboyeva biz bilan suhbatda. – Buning uchun shifokor ham psixolog, ham malakali mutaxassis, ham tashkilotchi bo‘lmog‘i lozim.

Zulxumor o‘rta maktabni a’lo baholarga tugatgach, Toshkent Davlat tibbiyot oliygohining davolash fakultetida tahsil oldi. U mana 30 yildirki xalq salomatligi yo‘lida samarali xizmat qilib kelmoqda. Dastlab viloyat shifoxonalarida vrach-kardiolog sifatida ish faoliyatini boshladi. 2006 yildan boshlab Jizzax viloyat kardiologiya dispanseri statsionar bo‘limi mudirasi vazifasida xizmat qilib kelmoqda. Oliy toifali shifokorlar Zulayho Suyunova, Sobir Ismoilov, tajribali hamshiralar Sevara Norqulova va Kamola Normatovalar bilan hamkorlikda yurak faoliyati kasalliklariga to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda ikkilamchi profilaktik standart asosida bemorlarning ahvolini yaxshilash bo‘yicha tinimsiz izlanmoqda. Buning uchun esa statsionar bo‘limida yurakni ultratovush usulida tekshirish, veloergometriya, bir kecha-kunduzlik qon bosimini o‘lchash monitoringi, elektrokardiogramma kabi zamonaviy asbob-uskunalar mavjud.

Jizzax viloyat kardiologiya dispanserining stansionar bo‘limida 10 nafar shifokor va 19 nafar nafar hamshira bo‘lib, ularning ko‘pchiligi oliy toifali salomatlik posbonlaridir. Bu yerda bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 60 o‘ringa ega shifoxonada madaniy dam olish xonalari va kutubxona mavjud. Bo‘lim mudirasi Zulxumor Aliboyeva ishga yangi qabul qilingan shifokor va hamshiralarga ustozlik ham qilmoqda. Jamoa o‘rtasida bo‘lib turadigan yig‘inlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashib keladi.

“Gipertoniya kasalligi haqida”, “Yurak-qon tomir kasalliklarida parhezning ahamiyati”, “Ateroskleroz profilaktikasi”, “Hamshiralarning etika va deontologiyasi” kabi qiziqarli va mazmunli ma’ruzalar ana shular jumlasidandir. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan viloyatdagi QVPlarda bo‘lib, nazoratda turgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, “Kardiolog” devoriy gazetasining oyma-oy mazmunli chiqarilishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Yana o‘qing:  OVOZIMDA, SOZIMDA VATAN!

Ikki nafar farzandi oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat yuritishmoqda. Bo‘sh vaqtlarida badiiy asarlar o‘qiydi. She’riyatga qiziqadi.

Mehrga yo‘g‘rilgan qalb egasi, oliy toifali vrach-kardiolog Zulxumor Aliboyeva fidokorona xizmatlari uchun Mustaqilligimizning 21 yillik bayrami arafasida Prezidentimiz Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

– Bu qutlug‘ mukofot nafaqat menga balki butun jamoamizga berilgan katta ishonchdir – deydi faxr bilan Zulxumor Aliboyeva.

Abdulla SAIDOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: