Parvozga shaylanayotgan Husnora

Istiqlol yillarida unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod manfaatlarini himoya qilish, ular salomatligini muhofazalash, barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoitlar yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Mazkur sa’y-harakatlar natijasida yoshlarimiz ilm-fan va sport sohalarida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Tengdoshim Xusnora Sindorova ham yurtimizning intiluvchan, tirishqoq yoshlaridan. U mana bir necha yildirki, sportning Turon yakka kurashi turi bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Yosh sportchi qiz 2015-yilda poytaxtimizda o‘tkazilgan mamlakat birinchiligida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Hozirda u Chilonzor tibbiyot kollejining 1-bosqich talabasi.

– Sportga qiziqishimga onam sababchi bo‘lganlar, – deydi Xusnora. – Ular sport sohasida ko‘plab yutuqqa erishgan tengdoshlarim haqida so‘zlab berganida menda ham yakka kurash turlaridan biri bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘ldi. Bugun erishayotgan yutuqlarimni ko‘rib, barcha yaqinlarim men bilan faxrlanishadi. Kelajakda yetuk sportchi bo‘lib, yurtim nomini butun dunyoga tanitmoqchiman.

Biz Husnoraning orzulari ushalishiga tilakdoshmiz.

 

Charos XUShVAQTOVA

Яна ўқинг:  Ғурур ва ифтихоримиз тимсоли

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: