Tez tibbiy yordam xizmati takomillashmoqda

Farg‘ona viloyati tuman va shahar tez tibbiy yordam bo‘limlariga “Damas” rusumli  20  ta zamonaviy tez tibbiy  yordam avtomobili topshirildi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishda yuksak samaralar bermoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 16 martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida chekka hududlardagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, bosqichma-bosqich zamonaviy tez tibbiy yordam avtomobillari bilan ta’minlanayotir.

– Inson salomatligini asrash, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yuksaltirish muhim vazifalardandir, – deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov. – Albatta, bunda moddiy-texnik bazaning mustahkamligi alohida ahamiyatga ega. Mazkur tez tibbiy yordam avtomobillari aholining sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini qondirish, tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.

Farg‘ona tumanidagi Chimyon tez tibbiy yordam bo‘limi “Mindon” shoxobchasi ham ana shunday zamonaviy avtomobilga ega bo‘ldi. Shu kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari mazkur qishloqda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdukarim ota Abdurahimov xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar olishdi va nogironlik aravachasini topshirishdi.

 

 M.SULAYMONOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Nuroniylar e’zozda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: