Tunda ovqatlanish xotirani susaytiradi
Olimlarning ta’kidlashicha, uyqu uchun mo‘ljallangan soatlarda yeyilgan taom nafaqat qomatga, balki miyaga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, kundalik ritmning buzilishi oqibatida xotirani susaytiradi.
Genetik Don Lo va uning Kaliforniya universitetidagi hamkasblari tungi hayot tarzini kechiruvchi sichqonlarda ilmiy tajriba o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida bir guruh kemiruvchilar faqat kechki soat to‘qqiz va tungi soat uchgacha bo‘lgan vaqt orasida, ikkinchi guruh esa tungi soat uchdan ertalab soat to‘qqizgacha bo‘lgan vaqt orasida ovqatlantirildi. Natijada, uxlash lozim bo‘lgan vaqtda ovqatlangan sichqonlar xotira sifatini aniqlashga qaratilgan sinovlarda yomon natija ko‘rsata boshladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tungi ovqatlanishning odamga bo‘lgan salbiy ta’siri qanchalik kuchli ekanligi hozircha noma’lum. Biroq, tungi smenada ishlovchi odamlar aql-zakovatni aniqlashga qaratilgan masalalarni past ko‘rsatkichlar bilan hal etishi ma’lum bo‘lgan.
Manba: sof.uz