Shogirdlikning noyob gavhari

Ustozning eng buyuk burchi — yurt ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladigan, aql-idrokli va qobiliyatli shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun avvalo uning o‘zi kasbiy mahoratga ega, ma’nan barkamol, keng dunyoqarash va sog‘lom fikrga ega bo‘lmog‘i lozim.

Qadimdan “ustoz-shogird”lik an’analarida ustoz nafaqat shogirdiga yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatma beribgina qolmay, o‘z navbatida ularni mustaqil faoliyatga tayyorlagan hamda o‘zidan keyin ish-tajribani, bilim va mahoratni avloddan-avlodga o‘tishiga imkoniyat yaratgan. Milliy an’ana va qadriyatlar qaytadan mustahkam qaror topishi natijasida o‘qituvchi-ustoz faoliyati bo‘lajak pedagog kadrlarni tayyorlashda nafaqat fan asoslari yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, balki sinfdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidori, qiziqish va intilishlarini inobatga olgan holda ijodiy ishlariga jalb etish, ma’naviyatini yuksaltirish hamda kasbga yo‘naltirishda “ustoz-shogird” an’analaridan foydalanish ehtiyojga aylanib bormoqda.

Yoshlarda ma’naviy-ma’rifiy salohiyatni oshirish, izlanish, ijod qilish, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan o‘qituvchi Shafoat­ Baymanova Qamashi tumani 63-o‘rta umumta’lim maktabida 23 yildan buyon o‘quvchilarga fizika, matematika fanidan ta’lim berib kelmoqda.

Shafoat opa 1999-2000 o‘quv yilida tuman va viloyatda o‘tkazilgan “Testlar tanlovi”da g‘olib bo‘lib, respublika bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

U maktabda muntazam ravishda matematika, fizika va informatika fanlaridan “Kim topqir va chaqqon?”, “O‘yla, izla, top”, “7x7” kabi musobaqalar o‘tkazib, interfaol usulda ochiq darslarni tashkillashtirib boradi. Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mita raisi sifatida esa jamoat ishlarida va maktab ma’muririyatining eng faol yordamchisidir.

Farzand tarbiyasida sharqona urf-odatlar, an’analar, axloq-odob qoidalariga alohida e’tibor berish va bu borada ustozlar o‘z kuchi, aql-zakovotini ayamasliklari lozim. Shunday ekan, Shafoat­ Baymanova ham bugun o‘z shogirdlarining muvaffaqiyatlaridan quvonadi. 2009-2010 o‘quv yilida 9-sinf o‘quvchisi Ikrom Uroqov matematika fanidan tumanda 1-o‘rinni, viloyat bosqichida fahrli o‘rinni egalladi. Shu jumladan, fan olimpiadalarida Abdulla Do‘stmatov, Dilorom Ro‘ziyeva, Munira Abdimurodova, Iroda Boltayeva, Mahbuba Ochilova, Zulayho Quvvatova kabi shogirdlari viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib, fahrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu ko‘rsatkichlar bejizga emas. O‘quvchining o‘z imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch, vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda irodasi shakllanishida, qolaversa, uning mustaqillikka, ijodiy izlanishga yo‘naltirib borishda nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog‘liqligini hisobga olish va ijtimoiy faolligida Shafoat Baymanova kabi ustozlarning bilim va ko‘nikmalari asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yana o‘qing:  Grant olish uchun tanlov

Shafoat Baymanova singari kasb fidoyilari 63-o‘rta umumta’lim maktabi direktori Tamara opa Elmurodova bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi. Bu esa o‘z o‘rnida Tamara opada yosh o‘qituvchilarda mehnat va ishlab chiqarish faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, halol mehnat qilish kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni ham tarbiyalaydi.

– Tamara opamni: “Men sizdan xursandman, endi sizning g‘ururlanadigan shogirdlaringiz bor. Bu ustoz-muallima uchun katta baxt!” – deya aytgan so‘zlari doimo yodimda deydi Shafoat Baymanova.

Donishmandlarimizdan shogirdlikning noyob gavhari nima deb so‘rasalar: “Hamkasb do‘stlarini xushnud etish”, – deya javob qilganlar.

Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, hozirgi davrda kelajak ma’naviyati, milliy o‘zligini ang­lab borishida ularga ko‘makdosh bo‘lish kechiktirib bo‘lmas vazifalardan biridir. Bu borada ta’lim muassasalarida milliy tarbiyani samarali tashkil etishda “Ustoz-shogird” an’analari muhim sanaladi.

Navro‘z NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: