Farzandingizga o‘ylab gapiriladigan 12 gap
Bolalar kattalarga kam quloq solishadi, ammo ularga tuzukkina taqlid qilishadi, degan edi allomalardan biri.
Bolalikdagi sof qalbini yo‘qotmagan inson, kelajakda shubhasiz, yetuk inson bo‘lib yetishadi. Uning muvaffaqiyatga erishishida ota-onaning o‘rnini hech narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Shunday ekan quyidagi gaplarni xato yoki to‘g‘ri ishlatishingiz, farzandingiz tarbiyasi va uning sizga bo‘lgan munosabatida muhim ahamiyatga ega ekanini unutmang.
– Bu belgi bilan biz odatda ishlatadigan, aslida ishlatishimiz xato bo‘lgan gaplar keltirilgan.
– Bu belgi orqali esa o‘sha gaplarni qanday ko‘rinishda ishlatsak maqsadga muvofiq bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Chunki men shunday dedim!
Bilayapman, yana o‘ynaging kelyapti. Lekin buvingnikiga borishimiz kerak.
Yig‘lama!
Qanchalik og‘irligini bilaman, o‘rningda men ham xafa bo‘lardim.
Ovqatingni yeb qo‘ymasang, kichkina va nimjon bo‘lib qolasan.
Ovqatingni yeb qo‘ysang, xuddi dadangdek aqlli va kuchli bo‘lasan.
Noto‘g‘ri qilayapsan, ber buyoqqa!
Kel senga buning oson yo‘lini o‘rgataman.
Xavotir olayotganingni ko‘rib turibman.
Kel bu haqida gaplashib olamiz.
Bo‘la qolsangchi, yana qancha kutish mumkin!
Kel, kim birinchi bajarishga o‘ynaymiz?
Ma, ol, faqat tinchlan!
Hammasini tushunaman, ammo bunga ruxsat bermasligimni bilasan-ku.
Idishingni yuvib qo‘ysang, shokolad beraman.
Esingdami, yaqinda idishlarni yuvib qo‘yganding? O‘shanda juda yordam berganding-da.
Men qayerdan bilay?
Hozircha bilmayman, lekin o‘rganib senga aytaman.
Televizorni o‘chir!
Kel, birga o‘ynaymiz.
Qara, nima qilib qo‘yding!
Bilaman, bunday qilmoqchi emasding. Keyingi safar ehtiyot bo‘l.
Sinfdoshing uyiga o‘z vaqtida keladi.
Iltimos, o‘z vaqtida kelishga harakat qil, bu judayam muhim.
Feruzaxon