Alplar ko‘ksidagi g‘ururdir Vatan

Onam bag‘ridayin mehrga konim,

Buyuk ishlar sari yo‘llar imkonim,

Yillarga tatiydi senda har onim,

Yuragim ardog‘i Vatandir, Vatan.

Ulug‘ bobolarim nomi bitilgan,

Shirog‘-u Alpomish qoni to‘kilgan,

Bayrog‘ingga oyu yulduz tikilgan,

Yuragim ardog‘i Vatandir, Vatan.

Alplar ko‘ksidagi so‘nmas g‘urursan,

Hurlik quchog‘ida davron surursan,

Dunyoga yuz tutib mangu turursan,

Yuragim ardog‘i Vatandir, Vatan.

O‘rolboy MUSURMONOV,

Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi

37-umuta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Bilimga ishtiyoqmand o‘quvchilar

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: