ZAMONAVIY SPORT MAJMUASI YOSHLAR BILAN GAVJUM

Toshkent viloyatida ham bolalar sportini rivojlantirish, sportning ­ommaviyligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir viloyatda 50 ming nafardan ziyod 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. 135 ming nafarga yaqin yoshlar sport va jismoniy sog‘­lomlashtirish mashg‘ulotlariga jalb qilingan. Mavjud 36ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida minglab o‘g‘il-qizlar sportning qirqdan ortiq turi bilan shug‘ullanayotir.

Bekobod shahridagi “Yoshlik” bolalar sporti majmuasida ayni kunda maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarining ming nafarga yaqin o‘quvchisi sportning boks, taekvondo, voleybol va badiiy gimnastika turlari bo‘yicha o‘z mahoratini oshirmoqda. Ularga 15 nafardan ziyod malakali murabbiylar sport sirlarini o‘rgatmoqda.

– Sport to‘garaklarimizda shug‘ullanish istagini bildirayotgan yoshlar safi tobora kengaymoqda, – deydi mazkur majmua mudiri G‘anijon Yunusov. – Shuni hisobga olib boks, badiiy gimnastika kabi sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha guruhlar tashkil etdik.

Majmuada barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Har bir sport turi bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan zallar, kiyim almashtirish va yuvinish hamda tibbiyot xodimlari xonalari eng zamonaviy sport inventarlari hamda mebellar bilan jihozlangan. Binoda o‘rnatilgan isitish va sovutish tizimi har qanday ob-havo sharoitida me’yordagi haroratni ta’minlash imkonini beradi.

Ayni kunda bu yerda 250 nafarga yaqin bola boks bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Ularga O‘ktam Bozorov, To‘xtasin Ernazarov, Murod Xudoyberdiyev singari tajribali murabbiylar saboq berayotir.

– Olti yildan beri boks to‘garagiga qatnashaman, – deydi majmua tarbiyalanuvchisi Umid Jo‘raboyev. – O‘tgan yili 50 kilogramm vazn toifasida viloyat chempionligini qo‘lga kiritdim. Niyatim – mamlakat, qit’a va jahon miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalarda ham yaxshi natijalarga erishish.

To‘qqiz yoshli Mohira Rahimova ikki yildan beri mazkur sport majmuasining badiiy gimnastika to‘garagiga qatnaydi. Sport uni sog‘lom va chaqqon qizga aylantirdi.

– Badiiy gimnastika bilan muntazam shug‘ullanayotgan qizimning sog‘ligi yaxshilanib, harakatlaridagi ijobiy o‘zgarishlar bizni quvontirmoqda, – deydi Mohiraning otasi Adham aka. – Biz, ota-onalar Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan farzandlarimizning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim olishi, sog‘ligini mustahkamlashi, mazmunli hordiq chiqarishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratib berilayotgan zamonaviy shart-sharoitlardan minnatdormiz. Bunday katta e’tibor va g‘amxo‘rlikka javoban ular har jabhada faollik ko‘rsatishi, yanada yuksak marralarni zabt etishga intilishi tabiiydir.

Yana o‘qing:  SAMARQAND ShAHRIGA SAYOHAT

X. SALIMOV,

O‘zA muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: