Mevalar diabet rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi
Xitoylik va britaniyalik olimlar olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra mevalarni kam iste’mol qilish qandli diabet xastaligining kelib chiqishiga zamin yaratar ekan.
Ushbu tadqiqotda 500 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra ratsionida 12 foizdan kam meva mahsulotlari o‘rin egallagan insonlarda ushbu xavfli xastalik aniqlangan.
Shuning uchun mutaxassislar qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga meva mahsulotlarini ko‘proq tanovul qilishni tavsiya etishmoqda.
Xurshida HUSENOVA