“Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Joriy yildan boshlab ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur haftalikdan maqsad o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishdir.

Haftalik doirasida respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalarida ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar, yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari, mahorat saboqlari, turli tanlovlar, viktorinalar, intellektual o‘yinlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarga qariyb 2 mlnga yaqin o‘quvchi qamrab olindi.

Mazkur haftalik doirasida respublikamiz bo‘ylab “Bir farzandga – uch kitob” aksiyasi tashkil etildi.

Shuningdek, haftalik doirasida “Virtual sayohat: “Sevimli kitobim katta erkanda”, “Olam haqida bir olam kitob” multimediali taqdimotlar, “Veblandiya” o‘quvchilari uchun eng yaxshi elektron resurslar taqdimoti” virtual ko‘rgazmasi, “Eng yaxshi kitobxon oila”, Eng yaxshi kitobxon sinf”, “Eng kitobxon maktab” kabi ijodiy tanlovlar,   “Ertaklardagi sevimli personajlar” mavzularida viktorinalar, “Ertaklar karvoni”,“Kitoblar olamiga sayohat” mavzularida ifodali o‘qish tanlovi, “Bolalar kitobxonligi sarhadlarini kengaytirib” va “Kitob varaqlaganda…” mavzularida ijodiy uchrashuvlar, “O‘qish — eng yaxshi mashg‘ulot” nomli seminar-trening va boshqa turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Eng mahoratli yoshlar saralandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: