Atletlarimiz o‘smirlar olimpiadasida qatnashadi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida mamlakatimiz yosh atletlari ham munosib ishtirok etdi.

Nufuzli musobaqada dunyoning 50 dan ziyod davlatidan 400 dan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar bilan birga 2018 yili Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiadasiga litsenziyalarni qo‘lga kiritish uchun bahslashdi.

Jahon chempionatining qizlar o‘rtasidagi bahslarida o‘z vazn toifasida Kumushxon Fayzullayeva kumush va bronza, Gulnoza Ahmadova bitta bronza va ikkita kumush medalga sazovor bo‘lgani haqida avval xabar bergandik.

Chempionatda qatnashgan qizlarimizning qayd etgan natijalari terma jamoamizning muhim ochkolarni qo‘lga kiritishini ta’minladi. Natijada uchinchi o‘rinni egallagan atletlarimiz o‘smirlar Olimpiadasining ikkita litsenziyasiga ega bo‘ldi.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi vazni 94 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar bahsida ishtirok etgan Saidmuxtor Saidahrorov va Aleksandr Li sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. O‘smirlarimiz umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egallab, Olimpiya o‘yinlarining bitta litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Uy taomlari diabet xavfini kamaytiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: