Muvaffaqiyatga erishish uchun…
Muvaffaqiyatga erishish uchun insonning hayotida aniq maqsadi bo‘lmog‘i lozim. Agar siz samimiylik bilan boshqalarga eng yaxshi mahsulot va xizmatingizni taklif qilsangiz, unda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati keskin ravishda ortadi. Bunda fikr, so‘z samimiyligi muhim o‘rin tutadi.
Samimiylik evaziga biz o‘z-o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi hamda sevinish hissini tuyamiz. Xullas, ichki “men” deb ataluvchi g‘ururimiz bilan kelishgan holda muvaffaqiyatga, mashhurlikka va boylikka erishishimiz yoki aksincha qashshoqlikka va umidsizlikka tushib qolishimiz mumkin.
Istaklarimizning samimiyligi odamlar bilan bo‘ladigan muloqotlarimizda hal qiluvchi omil hisoblanadi. O‘z vaqtlarini, quvvatlarini va pullarini sizga sarf qilmoqchi bo‘lgan odamlar aynan shu omilning (haqli ravishda) bor-yo‘qligiga ishonch hosil qilmoqchi bo‘ladilar.
Biron ish boshlashdan avval o‘zingizdan: “Bu niyatlarim samimiy? Men bu ishdan shaxsiy manfaat ko‘rishga haqlimanmi? Daromad olish ilinjida yaxshi xizmat ko‘rsata oldimmi yoki mahsulot taklif qila olamanmi?” — deb o‘zingizga o‘zingiz savol bering. Istaklarimizning samimiyligiga boshqalarni ishontirish ba’zan juda og‘ir kechadi. Lekin siz shunga ham tayyor bo‘lishingiz kerak. Shuning uchun istaklaringiz samimiy bo‘lmog‘i lozim.
Ba’zan ish borasida paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni (ular, albatta, bo‘lib turadi) istaklaringizning samimiyligi bilan yengib o‘tishingiz mumkin. Agar qilayotgan mehnatingiz uchun olmoqchi bo‘lgan haqingiz halol va shunga arzigulik ekanligiga ishonsa, unda sizning sheriklaringiz ham fikringizga qo‘shiladilar.
Boshqalarga yordam berish istagingiz samimiy ekanligini amalda ko‘rsatsangiz, unda siz maqsadingizga to‘liq erishgan bo‘lasiz va ishingiz bitishini tezlashtirasiz. Ana shunda og‘ir kunlar kelishidan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Mana ko‘rasiz, mijozlaringiz va xaridorlaringiz ko‘payib ketadi.
Abdixomit ABDIXALILOV