Inson har soniyada hushini yo‘qotishi aniqlandi

Atrofdagi dunyo haqidagi xabarlar inson miyasiga to‘xtovsiz kelib tushayotgandek tuyuladi. Biroq yangi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu yolg‘on hissiyot.

Lozanna Federal politexnika maktabi olimlari ongda muntazam ravishda miya ma’lumotlarni qayta ishlash uchun foydalanadigan tanaffuslar bo‘lib turishini aniqlashdi. 400 millisoniya davom etuvchi bu tanaffuslar vaqtida inson behush holatda bo‘ladi va vaqtni qabul qilmaydi.

Olimlar miya ikki fazali ish tartibiga ega deb hisoblashmoqda. Hushsiz faza paytida miya rang va shaklga qarab qabul qilayotgan ob’yektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Shundan so‘ng miya ongli idrokka o‘tudi, buning uchun ba’zan yuzlab millisoniyalar sarflanadi.

«Ma’lumotni qayta ishlashda miya atrof-muhit haqidagi eng yaxshi va aniq xabarni berishga harakat qilgani uchun ham unga ma’lum bir vaqt kerak», — deya izoh beradi tadqiqot muallifi Maykl Xersog.

Idrok fazasi davrida inson atrofdagi ob’yektlarni bilib oladi. Bu fazaning qancha davom etishi noma’lum, lekin undan keyin jarayon ketma-ket ro‘y berishi uchun ong yana vaqtinchalik o‘chiriladi.

Sinovdan o‘tayotganlarni tasvirning o‘zgarishini kuzatish so‘raldi va bu payt ularning miya faolligi qayd qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘ngillilar rangning o‘zgarishini biroz kech sezishgan va olimlar bundan inson idroki retrospektiv tabiati haqida xulosa chiqarishgan.

Tadqiqot mualliflarning fikricha, tajribalar natijasi bo‘yicha uzoqni ko‘zlovchi xulosalar chiqarsa bo‘ladi. Olingan ma’lumotlar neyrobiologiya va kompyuter ko‘rish sohasidagi bilimlarni chuqurlashtiradi.

 

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Go‘daklarni massaj qilish qoidalarini bilasizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: