EKOHARAKAT – SOG‘LOM HAYOT UCHUN

Inson tabiatning uzviy bir bo‘lagidir. Undagi salbiy o‘zgarishlar insoniyat salomatligiga ta’sir qilmay qolmaydi. Atrof-muhitni ozoda saqlash, tabiatga hurmat ko‘rsatish, yer osti va yer usti boyliklardan oqilona foydalanish, kelajak avlodga meros qilib qoldirish kabi tushunchalarni aholi o‘rtasida shakllantirish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston ekologik harakati va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi hamkorligida mazkur fond tomonidan amalga oshirilayotgan bir qancha ishlar tahsinga sazovordir.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Jamoat fondi. Mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiya a’zolari, fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Ekoharakat Ilmiy Kengashi a’zolari, Ekoharakat faollari va ekspertlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirni o‘tkazishda ko‘zda tutilgan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvatlash Jamoat fondi tomonidan atrof-muhit muhofazasi va aholi salomatligini himoyalashga yo‘naltirilgan grant tanlovida ekologiya va tibbiyot yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini kengaytirish, ushbu yo‘nalishda ularning faolligini oshirish, grant loyihalarini tayyorlashga ko‘maklashishdan iborat.

Yig‘ilishda grant tanlovida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ishtirok etish tartibi, loyihalarini moliyalashtirish va boshqa qator tashkiliy masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tanlovda qatnashish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Ma’rifat TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012-38)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: