Saratonga qarshi immunitet hujayrasini qanday tarbiyalash mumkin?

Sun’iy ayrisimon bez yordamida sog‘lom hujayralarga tegmay, faqat saraton hujayralariga hujum qiluvchi immun hujayralari, ya’ni limfotsitlarni olish mumkin.

Immunitetning asosiy vazifalaridan biri saraton hujayralarini erta aniqlab, unga qarshi munosib kurashishdir. Saraton hujayralarini immunitet ular qobig‘idagi maxsus belgilar orqaligina tanib olib kurashadi, o‘z navbatida saraton hujayralari ham bu belgilarni ko‘rsatmaslikka va immunitetga o‘zini sezdirmaslikka intiladi. Onkologiya oldida turgan ulkan muammolardan biri ham aynan shu. Immunitet sog‘lom hujayralardan saraton hujayralarini faol ajrata bilmasligidir.

Keyingi vaqtlarda onkologiyada saraton kasalligini davolashning yangi  usulini o‘ylab topishga bir qator urinishlar bo‘ldi. Ular orasida eng ko‘zga ko‘rinarli ishlardan biri sifatida immun hujayralar saraton hujayralarini tanishiga yordam beruvchi immunologik usulni ko‘rsatish mumkin.

Fanga ma’lumki, organizmga tushgan zarar keltiruvchi mikrob, virus va yot tanachalarni tanib olib, ularni yo‘q qilish vazifasini, asosan, t-limfotsit nomli hujayralar bajaradi.  Ammo inson tanasidagi tabiiy t- limfotsitlar, ko‘pincha, saraton hujayralarini ajrata bilmasligi tufayli saraton kasalligi rivojlanib boradi. Endi olimlar biotexnologiya yordamida saraton hujayralariga o‘ta sezgir bo‘lgan t-limfotsitlar yaratmoqda. Bu t-limfotsitlar saraton hujayralari markerlarini tezda aniqlab, boshqa immun hujayralarini saraton hujayralarini o‘ldirish uchun “chaqirib kelish” xususiyatiga ega bo‘ladi.

 

Abdulazizxon AKRAMOV,

shifokor

Yana o‘qing:  Yuz terisi uchun foydali 12 mahsulot taomnomada bo‘lishi shart!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: