O‘zbekistonda yana bir vazirlik o‘zgartirilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti 13 aprel kuni «Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.

Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinadi.

Tashqi savdo vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, tashqi bozorlardagi talab-ehtiyojlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va xillarini tizimli asosda tahlil qilish, tashqi bozorlarda uning raqobatdoshligi darajasini aniqlash, tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, sotish bozorlarini diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishonchli xorijiy savdo sheriklarini izlash va tanlashda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga, shuningdek, mahalliy korxonalarning tender savdolarida, halqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalarida va xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan boshqa shunday tadbirlarda ishtirok etishlariga amaliy yordam ko‘rsatish;

import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning hajmi va tarkibini chuqur tahlil qilish, mahalliy xomashyo negizida import o‘rnini bosadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni mahalliylashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha konsepsiya va dasturlar ishlab chiqishda qatnashish;

tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va O‘zbekiston Respublikasining bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, tashqi savdoni liberallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tovarlar (ishlar va xizmatlar), shu jumladan, o‘ziga xos tovarlar va sanoat mahsulotlari tashqi savdosi, shuningdek, tashqi savdoda tarif va notarif boshqaruvi choralarini qo‘llash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish;

Yana o‘qing:  MILLIY QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI

tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish choralarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, tranzit salohiyatini, logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: