Go‘zallik va salomatlik uchun 7 sabab

Go‘zallik doimiy ravishda qilinadigan pardozga bog‘liq deb o‘ylasangiz yanglishasiz. Bilasizmi, salomatligingiz va tashqi ko‘rinishingiz Siz tasavvur qilmagan 7 sababga bevosita aloqador. Ular bilan tanishing.

Tez-tez tabassum qiling

Olimlarning qayd etishicha, hazil mutoyibaga moyil insonlar boshqalarga nisbatan uzoq umr ko‘radi. Kulgi tushkunlikni bartaraf qilib qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Milk va tish xastaliklari

Milk va tishlar salomatligiga doimo e’tiborli bo‘ling. Milk kasalliklari insonning yurak-qon tomir xastaliklarining kelib chiqishi bilan bevosita aloqador.

Ochiq havoda sayr

Yarim soat ko‘chada sayr qilish yaxshi, do‘stlar bilan aylanish undan ham yaxshi! Bu nafaqat soqlik uchun, balki do‘stlar bilan yaxshi aloqa o‘rnatish, immunitetni oshirish va ruhiy tushkunlik bilan kurashish uchun juda foydali.

 Rangliterapiya

Parhez jarayonida rangli mahsulotlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Turli rangdagi sarhil meva va sabzavotlar organizmni antioksidantlar bilan ta’minlaydi. Shunday ekan, nonushta, tushlik va kechki ovqat vaqtida turli rangdagi mahsulotlarni iste’mol qiling!

 Siz uchun eng maqbul vazn

Istalgan yoshda xshbichimlik insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirib,E qarish jarayonini sekinlashtirishga ko‘msak beradi. Ortiqcha vazn qon bosimiga sabab bo‘ladi, bu esa qarish jarayoniga sabab bo‘luvchi asosiy vosita sanaladi.

 Yaxshi munosabat

Mehribon va oqko‘ngil insonlar hayotdagi muammolarni pisand qilishmaydi. Ularda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar, ruhiy tushkunlik holatlari kuzatilmaydi. Shu sabab doimo insonlar bilan kirishimli bo‘lib, do‘stona munosabatni saqlashga harakat qiling.

 Uyqu davomiyligi

Uyqu uchun eng munosib muddat – 7-8 soat. Surunkali uyqusizlik ortiqcha vaznning yig‘ilishi, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, organizmda immunitetning pasayishiga sabab bo‘ladi.

 

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  Rezus musbat va manfiy omil: uning homilaga ta’siri xususida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: