Shifokor qo‘shig‘i

Hayot uchun xushyor-u, bedor…

Davolashga hamma tayyor.

Chehrada nur, qalbida bahor –

Shifokormiz, bizlar shifokor.

Niyatimiz: sog‘ bo‘lsin bemor!

 

Doim shirin, bol qilay so‘zim.

Mehr nurin taratsin ko‘zim.

Dardingizni olay, azizim,

Shifokormiz, bizlar shifokor.

Niyatimiz: sog‘ bo‘lsin bemor!

 

Qalbingizda umid uyg‘otgay,

Bor tajribam men sizga atay.

Sog‘aytirib, baxtiyor etay,

Shifokormiz, bizlar shifokor.

Niyatimiz: tuzalsin bemor!

 

Yo‘qlab kelsin do‘stu yoronlar,

Foyda qilsin dori-darmonlar.

Dilingizdan ketsin armonlar,

Shifokormiz, bizlar shifokor.

Niyatimiz: sog‘ bo‘lsin bemor!

 

Ko‘rsaturmiz beminnat yordam,

Har insonni eturmiz bardam.

Murodiga yetsin har odam,

Shifokormiz, bizlar shifokor.

Niyatimiz: sog‘ bo‘lsin bemor!

 

Murod RAHMON

Yana o‘qing:  Kulgu shifo (2013-21)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: