San’at, iste’dod, imkoniyat

Yurtimizda yoshlarni yetuk va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida kamol topishlarini ta’minlash, iqtidor va qobiliyatlarini to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda respublika miqyosida yosh iqtidorlarni aniqlash borasida ko‘plab tanlovlar o‘tkazilmoqda

Ma’lumki, bu borada “Sog‘­lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan ham iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida bir qator tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, jamg‘arma hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi hamkorligida musiqa maktablari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “San’at g‘unchalari” Respublika yosh musiqachilar ko‘rik-tanlovi buning yorqin misolidir.

Yaqinda ushbu tanlovning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi musiqa maktablarida ta’lim olayotgan viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 150 nafarga yaqin yosh iqtidor egalari o‘zaro bellashdilar. Tanlov respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi zali va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida zarbli va damli cholg‘u asboblari ijro yo‘nalishida 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan musiqachilar o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

G‘olib va sovrindorlar “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ma’rifat TOLIPOVA

Yana o‘qing:  Ertamizning hal qiluvchi kuchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: