Ayol bilan turmush obod – Yurt obod

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tutgan o‘rni” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatini O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi I.Bositxonova ochar ekan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 1991 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi davlatimiz va hukumatimiz tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanib, yildan-yilga takomillashtirilayotgani va tizimning ayollarimiz hayotini yanada yaxshilash, oilalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi rolining ortib borayotgani haqida so‘zladi. Shuningdek, 2013 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi ishtirokchilariga Yurtboshimizning yo‘llagan tabrigida ham tizim tomonidan erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, keyingi vazifalar belgilab berilgan. I.Bositxonova bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtalib, bugungi davra suhbati keyingi hamkorlik ishlarining yanada mustahkam bo‘lishiga zamin yaratishi haqida aytib o‘tdi.

Shundan keyin respublikamizda akkreditatsiyadan o‘tgan OTB – Osiyo taraqqiyoti bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, USAID – AQSHning xalqaro rivojlanish dasturi kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakillari va hamkorlikda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar bu boradagi o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Mamlakatimizda xotin-qizlarning mavqeini oshirish borasida qilinayotgan ishlar ularning oilada, jamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lishlarini ta’minlashda xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, chekka qishloqlarda yashovchi aholining turmush darajasini yaxshilash, ona va bola salomatligini asrash, ayollarni ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha bir qancha muhim fikrlar yangradi.

Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 208 ta xotin-qizlar qo‘mitalari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, idora va muassasalarda 41 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilotlarning sa’y-harakatlari natijasida qo‘mitalar ish faoliyati yanada jonlanib, tizimning ayollar hayotidagi amaliy hissasi ortib borayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ham respublikamizdagi xalqaro tashkilotlar, davlat va nodavlat tashkilotlarni xotin-qizlar qo‘mitalarining barcha yo‘nalishlarda olib borayotgan faoliyatiga keng jalb etgan holda “Obod turmush yili” Davlat dasturi hamda qo‘mita tizimidagi dastur va rejalar ijrosini ta’minlashda ular imkoniyatlaridan foydalanish, aholi turmush tarzini yuksaltirish, ayollar va oilalar muammolarini hal etishda ijtimoiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ta’minlashda erishilgan yutuqlarni targ‘ib etishdan iborat.

Yana o‘qing:  Kitobsevarlar tanlovi

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: