XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-13)

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 26 mart kuni O‘zbekiston — Ummon Sultonligi Ishbilarmonlar kengashining ikkinchi majlisi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Bonn shahrida O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va Bosh konsulligi tomonidan “Germaniya – O‘zbekiston” do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan madaniy-axborot kechasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazi tomonidan “Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik masalalarini takomillashtirish” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Oliy sud sudyalari, Bosh prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklari, Davlat soliq va bojxona qo‘mitalari hamda boshqa idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘z ishini yakunladi. Unda viloyatdagi 98 ta korxona va tashkilot 387 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

Yana o‘qing:  AJDODLAR YODI – O‘QUVCHILAR NIGOHIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: