“Kumur-kumur” pecheniyesi
Zarur mahsulotlar: 200 gr. margarin, 200 gr. shakar, 2 dona tuxum, 200 gr. mayonez, 600 gr. un, osh sodasi va kraxmal kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: xona haroratida turgan margarinni shakar bilan uqalanadi. So‘ngra tuxum, mayonez, soda va un solib yumshoq xamir qorilib tindirishga olib qo‘yiladi.
Go‘sht qiymalagichga maxsus qolip o‘rnatilib asta-sekinlik bilan xamir solib chiqariladi. Pecheniylarni shu tariqa shaklga solib olinib gaz listiga terib chiqiladi. Qizigan gaz pechiga 180 daraja 15-20 daqiqaga qo‘yiladi. Tayyor pecheniylarni shakar kukuni bilan bezatib dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM