Makaronli “gamburger”
Zarur mahsulotlar: 150 gr. makaron, 250 gr. qiyma, 1 dona piyoz, 400 gr. tomat pastasi, 1 dona bulg‘or qalampiri, 30 gr. qo‘ziqorin, tuz, ziravorlar, suv va o‘simlik yog‘i kerek bo‘ladi.
Tayyorlanishi: tovaga ozgina o‘simlik yog‘i solib mayda qilib to‘g‘ralagan piyoz, qiyma solib qovuriladi. So‘ngra somoncha shaklda to‘g‘ralgan bulg‘or qalampri va qo‘ziqorin solib qovurishda davom etiladi. Ustidan makaron, tomat, tuz, ziravorlar suv solib 15-20 daqiqaga dimlab qo‘yiladi.
Likopga taomni suzib ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM