Uy havosini xushbo‘y qilish yo‘llari

Uyga kirishingiz bilan nafasni qaytaradigan yoqimsiz hidni sezishdan yomoni yo‘q. Quyidagi maslahatlarimiz uyingizni tozalik va poklik hidlari bilan to‘ldirishga yordam beradi.

1) Kir yuvish mashinasi uchun salfetkalar

Quritish vaqtida choyshablarga qo‘shiladigan xushbo‘y hidli salfetkalarni boshqa joylarda ham ishlatish mumkin. Yoqimli hid kelib turishi uchun choyshablar saqlanadigan joyga, kiyim shkaflariga va havo almashtirish teshikchalariga bir-ikki donadan salfetkalar qo‘yib chiqing.

2) Vanil ekstrakti

Elektr lampochkalariga bu ekstratdan bir-ikki tomchi surib qo‘ysangiz, lampochka yonganida yoqimli hid taraladi. Yoki vanilning nozik hidi butun uy bo‘ylab taralishi uchun 2 choy qoshiq ekstratni duxovkada 20 daqiqa davomida qizdiring.

3) Qo‘lbola shamlar

Qo‘lda qilingan shamlarga qo‘shilgan oddiy mahsulotlar — apelsin, limon, qahva donlari va dolchin (koritsa) uyning eng muammoli joylari — vannaxona, oshxona va o‘smirlar xonasiga yoqimli hid bag‘ishlaydi.

4) Tabiiy gullar

Uyda gullar hidini yaratishning eng oddiy va tabiiy yo‘li — gullar o‘stirish! Tuvakda o‘stirilgan lavanda, buta gul, yalpizlar — xushbo‘ylik bag‘ishlash bilan birgalikda uy havosini tozalaydi.

5) Efir yog‘lari

Efir yog‘lari yordamida uy hidini yaxshilashning ko‘plab usullari bor. Maxsus diffuzordan tashqari, havo tozalagichlariga bu xushbo‘y yog‘dan bir-ikki tomchi surib qo‘yishingiz mumkin yoki ularni suvga aralashtirib purkagich yordamida yumshoq mebellarga va yostiqlarga sepsangiz ham bo‘ladi.

 

Manba: zamin.uz

Yana o‘qing:  Pamidorli omlet

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: