O‘zbekistonda saratonga chalingan bemorlar uchun xospislar quriladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yilga qadar saraton kasalligining eng so‘nggi bosqichini boshdan kechirayotgayen bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni rejalashtirmoqda.

«Ayni vaqtda bizda hali unchalik rivojlanmagan – xospislar masalasini hal etishni rejalashtiryapmiz. Bu mantiqan to‘g‘ri: onkologiya bor joyda, xospislar ham bo‘lishi lozim», – deb aytgan Respublika onkologiya ilmiy markazi rahbari Mirzag‘olib Tillashayxov.

O‘zbekistonda bir necha yil avval «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi doirasida bu masala ko‘tarilgan. «Endilikda onkologiya xizmatini rivojlantirish dasturi doirasida 2020 yilga qadar to‘rt regionla xospislar qurilishi masalasini ko‘tarib chiqdik. Tibbiy muassasalar – Toshkent, Urganch, Farg‘ona va Samarqandda qurilishi rejalashtirilgan. Xospislar aynan saraton kasalligiga chalingan bemorlar uchun mo‘ljallanib quriladi, negaki, bu dardga chalingan bemorlar kasallikning eng so‘nggi bosqichida ham davolash va parvarishda alohida yondashuvni talab qiladilar», – deya qo‘shimcha qilgan u.

Respublika onkologiya ilmiy markazi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, barcha onkologiya dispanserlarida palliativ davolash bo‘limlarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Ya’ni, kasallikni davolash mumkin emasligi aniq bo‘lgach, davolash – og‘riq sindromlarini yumshatishga va bu bilan bemor hayoti sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, xospis – bu davosi yo‘q kasalliklarga chalingan bemorlarga munosib xizmat ko‘rsatiladigan tibbiy muassasadir.

 

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Xurrak aqli zaiflik xavfini oshiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: