Futbol festivali

Poytaxtimizda Osiyo futbol konfederatsiyasining ayollar futboli kuniga bag‘ishlangan an’anaviy festivali o‘tkazildi.

Mamlakatimizda sportni, jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda ko‘plab sport turlari qatori millionlar o‘yini – futbol ham qizlar o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda. Ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanuvchi xotin-qizlar safi kengaymoqda. O‘zbekiston ayollar terma jamoalari xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizda futbolchi qizlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yuqori saviyada tashkil etish, ayollar futboli bo‘yicha malakali murabbiy va hakamlarni tayyorlash, ularni o‘qitish, malakasini oshirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi tashabbusi bilan bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarda futbolga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda 10 yoshgacha bo‘lgan 200 nafardan ortiq qiz ishtirok etdi.

Qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bahslar jajji qizaloqlarning irodasini, g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi. 

Musobaqa ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

 

B.AYTMURODOV,

O‘zA muxbiri 

Yana o‘qing:  O‘zgarishlar, avvalo, aholi salomatligini himoya qilishga qaratilgan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: