Orzularing qarshingda, bolajonim!

Farzandim Malikaxon bolaligidanoq ziyrak va qobiliyatli qiz bo‘lib ulg‘aydi.

O‘qishga ishtiyoqi baland bo‘lgani bois, ba’zida bobosi-yu buvisi, dadasi va meni o‘zining kutilmagan savollari bilan shoshirib qo‘yardi. Ayniqsa, sportning suzish va badiiy gimnastika turlari bilan shug‘ullanish uning eng katta orzularidan biri edi.

Ammo vaqt o‘tishi bilan qizim quvvatdan qola boshladi. Ranglari oqarib, holsizlanadigan bo‘lib qoldi. Qo‘g‘irchoqlarini quchoqlaganicha o‘rniga yotib olar, bora-bora suzish havzasi-yu, gimnastika mashqlari haqida ham so‘z ochmay qo‘ydi. Sergap qizalog‘im og‘ir tabiatli, ko‘rinishi esa xorg‘in bo‘lib qoldi.

Uning yuragida xastalik aniqlangach, shifokorlar maslahati bilan muntazam davo choralarini qo‘lladik. Malikaxonning avvalgi serharakat va quvnoq hayotini qaytarish uchun turmush o‘rtog‘im bilan barcha imkoniyatlarni ishga soldik. Qizalog‘im 5 yoshida poytaxtimizda murakkab jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. O‘shanda endi barcha xavf ortda qolib, jigarbandim butkul sog‘ayib ketadi, deb o‘ylagandim. Ammo shifokorlar ushbu jarrohlik amaliyoti vaqtincha bo‘lib, Malikaxonga yana bir murakkab operatsiya zarurligini, afsuski, bunday amaliyot faqat xorijda qilinishi mumkinligini aytishdi. Buning uchun oddiy qishloq oilasida moddiy mablag‘ qayerda, deysiz. Shular haqida o‘ylab, qattiq tushkunlikka tushdim.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jonkuyar xodimlariningtelefon qo‘ng‘irog‘i men uchun umrimning eng baxtli lahzalaridan biriga aylandi. Keyinchalik Malikaxon davlatimizning yuksak e’tibor va g‘amxo‘rligi tufayli Hindistonning nufuzli klinikalarida hech qanday moddiy to‘lovlarsiz bepul davolanib qaytdi.

Qizim reanimatsiya bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazilganda uning ilk savoli “Endi suzish bilan gimnastika to‘garagiga borsam bo‘ladimi?”, degan gapi bo‘ldi. O‘sha baxtli lahzalarda ko‘z yoshlarimni tutib turolmadim. Qizimni mahkam bag‘rimga bosib, sevinchdan yig‘lab yubordim.

Hozirda Malikaxonning ahvoli ancha yaxshi. Muntazam shifokorlar nazoratida. Ishtahasi ham joyida. Bu yil yoz kelishi bilan uni o‘zi orzu qilgandek suzish havzasiga olib boraman. Bolaginamning niyatlari ushalishiga ko‘mak bergan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondiga o‘zimning cheksiz minnatdorligimni izhor etaman.

 

Sharifaxon MUHIDDINOVA,

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri

Yana o‘qing:  Yuksak e’tirofni oqlayman

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: